Qo'qon shahrida giyohvandlik moddasini pullayotgan ayol qo'lga tushdi
Qo'qon shahar. 2023 yil 11 mart kuni Qo'qon shahar IIB JQB hodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Axillik ko'chasida yashovchi O.D ismli ayol yashash xonadoni oldida 400.000 so'm evaziga bir dona dumaloq shakldagi “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo'lga tushgan.
Holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi ko'zg'atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʻmol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati