Qoʻqon shahrida giyohvandlik moddalarini sotayotgan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar.2023-yilning 02-may kuni shahar IIB TQX TQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Axillik koʻchasida Ya.D qonunga xilof ravishda 300.000 evaziga gashish giyohvandlik vositasini sotayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati