Qoʻqon shahrida giyohvandlik moddalarini sotish bilan shugʻullanuvchi shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. 2023 yilning 24 fevral kuni Fargʻona viloyati IIB JQB va shahar IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, B.S A.T.Xoʻqandiy mavzesida 250.000 soʻm evaziga uch dona qora ranli selofan paketga oʻralgan 0,42 gramm “Gashish” giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati