30 Mart 2023 yil 347

Qoʻqon shahrida giyohvand moddalarini yonida saqlab yurgan fuqaro qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar.15 mart kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Buvayda mahalla hududida yashovchi O.A.ni Sunbula mahalla hududida toʻxtatib, uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnidagi kurtkasi choʻntagida bir dona yelim idishda “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech