18 Fevral 2023 yil 403

Qoʻqon shahrida giyohfurushlar qoʻlga olindi

 

Qoʻqon shahar. 2023 yilning 15 fevral kuni Fargʻona viloyati IIB JQB, Fargʻona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud MMM JQB, Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari va Fargʻona viloyati IIB ikkinchi mintaqaviy hudud IIO FMM TVBSO xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, M.T va O.A.lar bir guruh boʻlib, Turkiston koʻchasida joylashgan mehmonxona oldida, 400.000 soʻm evaziga bir dona selofan paketga oʻralgan “Gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech