4 Mart 2023 yil 398

Qo'qon shahrida gashish giyohvandlik moddalarini sotgan shaxs qo'lga tushdi

Qo'qon shahar. 2023 yilning 01 mart kuni shahar IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, M.I Po'stindo'z ko'chasida joylashgan kafe oldida kelgusida o'tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan ikki dona dumaloq shakldagi gashish giyohvandlik moddalarini 300.000 so'm evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ko'zg'atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʻmol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech