17 Dekabr 2022 yil 414

Qoʻqon shahrida gashish giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar. 2022-yil 06-dekabr kuni Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Charxiy koʻchasida turgan “Spark” rusumli avtomashinasi haydovchisi O.A.ning yoni va avtomashinasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda salonida “gashish” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech