Qoʻqon shahrida gashish giyohvandlik moddasi sotgan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar.14-mart kuni shahar IIB JQB va Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbiri davomida, A.T.Xoʻqandiy mavzesidagi koʻp qavatli uyning oldida X.J 400.000 soʻm evaziga 4 dona oʻtkir xidli, “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda ushlanib, jami 400.000 soʻm pul mablagʻi daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati