10 Oktyabr 2022 yil 584

Qoʻqon shahrida gashish giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar.2022-yilning 26-sentabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Shohruxobod koʻchasida joylashgan bank binosi yonida “Nexia-1” rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida oʻtirgan R.B.ga oʻzlarini tanishtirib, yonida jinoyatga aloqador narsalar mavjud boʻlsa ixtiyoriy topshirish soʻralgan vaqtida, R.B avtomashina saloni tarpeda qismiga yopishtirilgan gashish giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddani taqdim qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech