17 Yanvar 2023 yil 366

Qoʻqon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar. 2023-yilning 09-yanvar kuni, shahar IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Navbahor koʻchasida toʻxtab turgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasida oʻtirgan X.M.dan shubxalanib, yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech