Qoʻqon shahrida gashish giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar.24-mart kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Movoraunnaxr koʻchasida joylashgan kafesi oldida Yu.Z.ni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati