1 May 2023 yil 342

Qoʻqon shahrida giyohvandlik moddalarini yonida saqlab ketayotgan gumondor aniqlandi

Qoʻqon shahar.2023-yilning 24-aprel kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Mirishkor koʻchasida yashovchi M.R yashash xonadoni oldida toʻxtatilib, yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yonidan gashish giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech