Qoʻqon shahrida fuqaroning uyali telefon apparatini vaqtincha foydalanish uchun olib, ketib yuborgan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahri. 05-sentabr kuni fuqaro J.J. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 21-avgust kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narhi 1.000.000 soʻmlik “ҲУАWИ Х 6” rusumli uyali telefon apparatidan vaqtincha foydalanib soʻng qaytarib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlmii tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Oʻ.A. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati