Qoʻqon shahrida fuqaroning uyali telefon apparati va pullarini qoʻlga kiritgan talonchilar ushlandi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 15-avgust kuni R.J va voyaga yetmagan A.A.lari bir guruh boʻlib, Shaldiramoq mavzesida M.Oʻ.ni oldiga kelishib, narxi 350.000 soʻmlik “Samsung А01 Cope” rusumli uyali telefon apparati va 200.000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq olib, talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, vhodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati