18 May 2023 yil 349

Qoʻqon shahrida fuqaroning savdo kompleksida sumkasini oʻgʻirlagan shaxs ushlandi

Qoʻqon shahar. Fuqaro A.O IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 19-aprel kuni noma’lum shaxs Navbahor mahalla hududida joylashgan savdo kompleksiga xarid uchun kelgan vaqtida narxi 1.400.000 soʻmlik turli mahsulotlar solingan sumkasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech