Qoʻqon shahrida fuqaro plastik kartasining xos raqamini begona shaxsga berib pullaridan ayrildi
Qoʻqon shahri. 14-may kuni fuqaro E.E IIBga murojaat qilib, unda 11-may kuni noma’lum shaxs telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali mebel jixozlari sotish va yetkazib berish bilan shugʻullanishligini bilib, u bilan mebel sotib olishga kelishib, undan tegishli bank plastik karta raqami va xos raqamlarini pul oʻtkazib berishlik uchun olib, karta hisobidan 300.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati