28 Iyun 2022 yil 387

Qoʻqon shahrida fuqaro firibgar ayolga aldandi

Qoʻqon shahar.Fuqaro N.M IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning mart oyida noma’lum ayol Navbahor koʻchasida joylashgan savdo majmuasida ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan bolalar kiyim kechaklarini 7.879 AQSH dollari evaziga sotib olishga kelishib, kiyim-kechaklarini olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, kiyim kechaklarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.D ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech