15 Mart 2023 yil 367

Qo'qon shahrida firibgar ayol qo'lga tushdi

Qo'qon shahar. A.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yil 14 sentyabr kuni nomaʻlum ayol Sarboz ko'chasidagi yashash xonadoniga kelib, o'zbek so'mi kupyuralari yangi turdagi kupyuralarga almashtirib yurganligi, agar pullari bo'lsa ikki soat ichida almashtirib berishini aytib, undan jami 21.000.000 so'm pullarni olib pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligini maʻlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.X ismli ayol etganligi aniqlanib, sud tomonidan unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech