24 Dekabr 2021 yil 395

Qo‘qon shahrida “Equinox” rusumli avtomashinalarini hujjatida muammo yo‘qligini aytib aldab pullagan shaxs javobgarlikka tortildi

Qo‘qon shahri. 2021 yilning 26 oktyabr kuni R.A Sarboz ko‘chasida X.J.ning ishonchiga kirib, ikki dona “Equinox” rusumli avtomashinalarini hujjatida muammo yo‘qligini yolg‘ondan aytib, bank tomonidan taqiq qo‘yilgan bo‘lishiga qaramasdan 73.000 AQSH dollarga sotib o‘tkazib, pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech