Qoʻqon shahrida choyxonaga arzon narxda koʻrpachalar olib kelib berishni va’da qilib aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahri. 2021-yilning fevral oyida I.M T.Malik koʻchasidagi joylashgan choyxonada ishlovchi X.F.ning ishonchiga kirib, 11.000.000 soʻm evaziga choyxona uchun arzon narxda yangi koʻrpachalar olib kelishini aytib, pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati