16 Fevral 2023 yil 407

Qoʻqon shahrida ayolning plastik kartasidan pul yechib olgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. R.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 28 dekabr kuni nomaʼlum shaxs internet ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasining maxfiy kodini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 1.130.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Sh.D ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech