Qoʻqon shahrida ayolning choʻntagidan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan kissavur qoʻlga olindi
Qoʻqon shahri. 6-noyabr kuni A.B ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni nomaʼlum shaxs U.Nosir koʻchasida joylashgan savdo kompleksi yonida choʻntagida boʻlgan narxi 500 AQSH dollarlik «Samsung A71» rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.