20 Sentyabr 2021 yil 411

Qoʻqon shahrida avtomashinasini ijaraga bermoqchi boʻlgan shaxs va’dasini bajarmadi

Qoʻqon shahri. 2021-yilning 15-sentabr kuni X.I IIBga murojaat qilib, unda 08-sentabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, “Spark” rusumli avtomashinasini ijaraga berishini aytib, 200 AQSH dollar pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.T sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech