27 Dekabr 2022 yil 430

Qoʻqon shahrida avtomashinalardan oʻgʻirlik jinoyatini sodir qilgan shaxs ushlandi

Avvalroq, “Telegram” ijtimoiy tarmogʻida “Qoʻqon shahrining “Vohim Chorsu” maxallasida 4 kun ichida 3 ta avtomobilga oʻgʻirlikka tushilgan”ligi toʻgʻrisida videoxabar tarqalgan edi.

Aniqlanishicha, joriy yilning dekabr oyida noma’lum shaxs shaharning 45-A.Zoxidiy, 39-Oq Oltin va 5-Vaqf Chorsu MFY larida tungi vaqtlarda qarovsiz qoldirilgan avtomashinalarda boʻlgan qimmatbaxo buyumlarni yashirin ravishda talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Jumladan, 6-dekabrdan 7-dekabrga oʻtar kechasi Toʻyxona koʻchasida fuqaro U.M.ning qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasidan 9.700.000 soʻm pullarini, 7-dekabr kuni shaharning Armugʻon koʻchasida fuqaro F.T.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasi salonidan 1.000.000 soʻm miqdordagi pullarini, 24-dekabrdan 25-dekabrga oʻtar kechasi shaharning At-Termiziy MFY.da fuqaro M.A. ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashina ichidan narxi 500 AQSH dollarlik “Iphone 12 pro”, 300 AQSH dollarlik “Lenovo” rusumli noutbuk hamda 130 AQSH dollarlik “Iwatch” nomli qoʻl soati, fuqarolik pasporti va haydovchilik guvohnomasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Bundan tashqari, 25-dekabr kuni ham noma'lum shaxs tomonidan shaharning Barhayot koʻchasida fuqaro A.D.ga tegishli “Nexia 3” rusumli avtomashina eshigi ochilib, qimmatbaho buyumlar topa olmaganligi sababli, hech narsa olmasdan voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Qoʻqon shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida yuqorida koʻrsatib oʻtilgan jinoyatlar Qoʻqon shahar Parpashabof koʻchasida yashovchi fuqaro A.H. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, jinoyatga aloqador ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan tergov boʻlimi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha A.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech