12 Oktyabr 2022 yil 509

Qoʻqon shahrida avtomashina yoʻlovchisini yonidan “ogʻu” topildi

Qoʻqon shahar.2022-yilning 23-sentabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Turkiston koʻchasi hududida joylashgan bank binosi roʻparasida turgan “Матиз” rusumli avtomashina salonida yoʻlovchi sifatida oʻtirgan M.A.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning yonidan 1 dona gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech