6 Yanvar 2023 yil 572

Qoʻqon shahrida avtomashina salonidan 9.700.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. Toʻyxona koʻchasida yashovchi fuqaro M.U IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil kuni 06-dekabr kunidan 07-dekabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Damas” rusumli avtomashina salonidan 9.700.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech