14 Avgust 2021 yil 463

Qoʻqon shahrida avtomashina salonidan uyali telefon apparati oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

 

Qoʻqon shahri. 03-avgust kuni O.I. IIBga murojaat qilib, unda tushgan xabarga koʻra, 31-iyul kuni soat 23:50 larda noma’lum shaxs Toʻqqizbuloq koʻchasida joylashgan 8-sonli koʻp qavatli uy oldida qarovsiz qoldirilgan “Спарк” rusumli avtomashina salonidan narhi 2.000.000 soʻmlik “Redmi MI-9” rusumli uyali telefon apparatini oʻgʻirlaganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech