20 Iyun 2023 yil 219

Qoʻqon shahrida avtomashina salonidan 900 AQSH dollar pullarini oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. Fuqaro D.O IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 10-iyun kuni noma’lum shaxs T.Malik koʻchasi oldida qarovsiz qoldirilgan “Mercedes Sprinter” rusumli avtomashinasi salonidan 900 AQSH dollar pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni J.I sodir etganligi aniqlanib, tergov haraktlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech