25 Dekabr 2021 yil 491

Qoʻqon shahrida avtobusda yoʻlovchini choʻntagidan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Qoʻqon shahri. 17-dekabr kuni fuqaro B.M IIBga murojaat qilib, unda 15-dekabr kuni noma’lum shaxs A.Navoiy koʻchasi hududida yoʻnalishli avtobusda egnidagi kurtkasini oʻng choʻntagida boʻlgan narxi 2.400.000 soʻmlik “RedMi 10” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech