18 Aprel 2023 yil 246

Qoʻqon shahrida antiradar qurilmasini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar.Fuqaro S.M IIBga murojaat qilib, unda 16-mart kuni noma’lum shaxs Hoʻqandiy koʻchasida qarovsiz qoldirilgan ““Nexia-3” rusumli avtomashina salonida boʻlgan narxi 2.000.000 soʻmlik “Neoline” rusumli antiradar qurilmasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.H sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech