Qoʻqon shahrida antiradar moslamasini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. M.B IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 08 mart kuni nomaʼlum shaxs, Navbahor koʻchasida joylashgan savdo majmuasi oldida qarovsiz qoldirilgan “Nexia-1” rusumli avtomashinasi pesh oynasiga oʻrnatilgan narxi 1.500.000 soʻmlik radarga qarshi “Neonline 75:00” markali detektor moslamasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati