Qoʻqon shahrida 6.000.000 soʻmlik bolalar oyoq kiyimlari solingan sumkani oʻgʻirlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahri.26-mart kuni R.V ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Farobiy koʻchasida joylashgan savdo kompleksida savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirgan narxi 6.000.000 soʻmlik bolalar oyoq kiyimlari solingan sumkasini oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.R sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati