Qoʻqon shahrida 4.100.000 soʻmlik “Redmi А-1”rusumli telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. N.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 03-may kuni noma’lum shaxs Sarboz koʻchasida joylashgan kollejning yotoqxonasida joylashgan umumiy ovqatlanish xonasidagi elektr tarmogʻida quvvatlash qurilmasida turgan 4.100.000 soʻmlik “Redmi А-1” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati