Qo‘qon shahrida 3 nafar “og‘ufurush qo‘lga tushdi
Qo‘qon shahar. 08 aprel kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Shoxruxobod ko‘chasida E.О., S.М va R.SH.lar oldindan jinoiy til biriktirib, guruh bo‘lgan holda qonunga xilof ravishda 400.000 evaziga gashish giyohvandlik vositasini sotayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati