29 Yanvar 2022 yil 391

Qoʻqon shahrida 2.800.000 soʻmlik uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahri. 22-yanvar kuni M.A IIBga murojaat qilib, unda 19-yanvar kuni noma’lum shaxs Turon koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyidagi stol ustida qarovsiz qoldirgan 2.800.000 soʻmlik “Red MI 10” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bandida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech