31 Mart 2023 yil 345

Qo'qon shahrida 2 nafar og'ufurush qo'lga tushdi

Qo'qon shahar. 27 mart kuni shahar IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Avg'onbog' ko'chasida A.O va D.E o'zaro oldindan jinoiy til biriktirib, maxsus haridorga qonunga xilof ravishda 1.000.000 evaziga gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi ko'zg'atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʻmol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yil ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech