7 Iyul 2023 yil 1352

Qoʻqon shahrida 1 kg gashish gashish giyohvandlik moddasini sotgan shaxslar qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. 2023-yilning 16-iyun kuni shahar IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Dangʻara tumani, Chagʻali qishlogʻida T.B. va A.A.lar bir guruh boʻlib 11.000 AQSH dollar evaziga 1 kg gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, giyohvandlik vositasi daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech