Fargʻona viloyatida tergovdan yashiringan 2 nafar shaxs ushlandi
04.01.2022-yil kuni Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.A.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB birinchi mintaqaviy hudud PPX 1-otryad boʻlinmasi va YPX xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan F.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati