26 Mart 2022 yil 442

Qoʻqon shahar va Oʻzbekiston tumanida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

25-mart kuni Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.X.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.A.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech