3 Iyul 2023 yil 1619

Qoʻqon shahar IIB rahbariyati, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi mutaxassislari hamda shahar hududidagi mehmonxona rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

Yigʻilishda hozirgi kunda Qoʻqon shahrida joylashgan ayrim mehmonxonalarda pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul boʻlgan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli normativ hujjatlariga rioya etmay, pasport tizimi qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga xizmat koʻrsatib kelinayotganligi, bu esa ushbu mas’ul shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlayotganligi aytib oʻtildi.

Kelgusida yuqorida koʻrsatilgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida pasport tizimiga doir qonun va qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtildi.

Shuningdek, Qoʻqon shahri hududida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, turli jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash maqsadida tadbirkorlarga mehmonxonani zamonaviy kuzatuv kameralari bilan jihozlash, ushbu kuzatuv kameralarini Qoʻqon shahar IIBda mavjud boʻlgan kuzatuv markaziga bogʻlash (integratsiyalash) yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech