16 May 2022 yil
411
Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.Q.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati