10 Mart 2020 yil 3724

Qoʼqon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan yana bir ezgu ishga qoʼl urildi

  Keksalarimiz hamisha hurmat va eʼtiborda boʼlib kelgan. Qoʼqon shahar IIO FMB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan shahardagi yoshi ulugʼ onaxonlar xolidan xabar olinib, ularga yangi namunadagi biometrik pasportlar oʼz xonadonlarida tantanali ravishda topshirildi.

  Qoʼqon shahar IIO FMB boshligʼi U.Joʼraev hamda sohaviy xizmat rahbarlari pasport olgan keksa yoshdagi hamda nogironligi boʼlgan fuqarolarni tabriklab, ezgu-tilak bildirdilar.

  “Oʼzim borib, pasportimni rasmiylashtirishga jismoniy imkoniyatim yetmasdi. Bizni urintirmay mushkulimizni oson qilganliklari uchun ichki ishlar xodimlariga rahmat.”-deydi, 87 yoshli Z.Bobomurodova.

   Shu kuni tadbirlar davomida oʼnga yaqin nuroniylarga mana shunday hurmat-ehtirom koʼrsatildi.

   Bu kabi tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech