24 May 2023 yil 422

Qoʻqon shahrida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar. 2023-yil 09-may kuni shahar IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sarboz koʻchasida Yu.M.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning yonida sigaret qutisiga yopishtirib olgan bir dona dumaloq shakldagi gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech