30 Noyabr 2022 yil 377

Qoʻqon shahrida telefon apparatini va pullarni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar.M.Ye ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 11-noyabr kuni noma’lum shaxs A.T.Xoʻqandiy mavzesida joylashgan bogʻcha binosining bolalar kiyinish xonasida turgan 3.000.000 soʻmlik “RedMi Not 10” rusumli telefon apparati, gʻilofi ichida boʻlgan 3 dona plastik kartalari va 200 AQSH dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.M sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech