Qoʻqon shahrida “gashish” moddasini saqlagan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 16-oktabr kuni Burchlik koʻchasida viloyat IIB PPX otryadi 1-guruh xodimlari xizmat olib borishayotgan vaqtida, shubxali koʻringan voyaga yetmagan I.A.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati