14 Iyun 2023 yil 380

Qoʻqon shahrida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar. 2023-yilning 04-iyun kuni Fargʻona viloyati IIB 2-Mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari xizmat olib borish davomida, Shoxruxobod koʻchasida shubxali koʻringan A.I.ni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech