Qoʻqonda ogʻu savdosiga chek qoʻyildi
Qoʻqon shahri. 15-aprel kuni IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida A.T.Xoʻqandiy mavzesi 152-sonli koʻp qavatli uy oldida fuqaro Q.I. “Gashish” giyohvandlik moddasini 750.000 soʻm evaziga sotayotganida daliliy ashyo bilan qoʻlga olingan.
Ushbu holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar!Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati