Qoidabuzarlik fojeaga sabab boʼldi
Fargʼona tumani. 2020 yil 25 mart kuni soat 09:30 larda Margʼilon shahrida yashovchi F.F. boshqaruvida boʼlgan “Lassetti” rusumli avtomashinasida Fargʼona tumani Oʼrtashoʼra m.f.y. hududida xarakatlanib ketayotib, qarama-qarshi yoʼnalishda harakatlanib kelayotgan Qoʼshtepa tumanida yashovchi K.X. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina bilan toʼqnashuv sodir etgan. Oqibatda “Nexia” rusumli avtomashina yoʼlovchisi M.B. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Yoʼl harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali oʼzingiz va boshqa fuqarolar hayotiga zomin boʼlishingiz mumkinligini esdan chiqarmang. Yoʼl harakati qoidalariga amal qiling.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati