17 Avgust 2022 yil 461

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida boʻlgan Fargʻona viloyati IIB JQB OʻMIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida, Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.N ismli ayolni Sankt-Peterburg shahri hududida qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 1-Mintaqaviy hudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan U.N.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech