Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi
Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida boʻlgan Fargʻona viloyati IIB TQX Qidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan K.D ismli ayolni Moskva shahri hududida qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB 2-mintaqaviy xodimlari va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan O.O.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati